RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA SIYOSIY LEGITIMLIKNI TA'MINLASH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida siyosiy legitimlikni ta’minlash va mustahkamlashning nazariy-amaliy mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda klassik ijtimoiy shartnoma nazariyasi hamda Maks Veberning ratsional-huquqiy legitimlik konsepsiyasining raqamli davrdagi transformatsiyasi tahlil qilingan. An’anaviy byurokratik apparatga xos bo‘lgan inson omili, ovoragarchilik va korrupsion xatarlar elektron davlat platformalari vositasida bartaraf etilishi ko‘rsatib beriladi. Raqamli erada siyosiy legitimlik va fuqarolarning ratsional ishonchini ("Digital Trust") ta’minlovchi uchta asosiy mexanizm — algoritmik xolislik, boshqaruv protseduralarining operatsion tezkorligi hamda proaktiv va interaktiv qayta aloqa (koll-markazlar, operatorlar va muloqot tizimlari) tizimli ravishda asoslab berilgan.



