BANKLARNING KICHIK BIZNES UCHUN KREDIT MAHSULOTLARINI MOSLASHTIRISH STRATEGIYASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan kichik biznes subektlarining o‘ziga xos xususiyatlari va moliyaviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kredit mahsulotlarini moslashtirish (kastomizatsiya qilish) strategiyalari tadqiq etilgan. O‘zbekiston bank tizimidagi zamonaviy tendentsiyalar, kichik tadbirkorlikni kreditlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kichik biznesning bank mahsulotlariga bo‘lgan talabini segmentlash, skoring modellarini takomillashtirish hamda moliyaviy risklarni kamaytirish mexanizmlari o‘rganilgan. Respublika bank sektorining statistik malumotlari asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, milliy amaliyot uchun ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.



