遇见数据集

GENERATIV SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA TALABALARDA AXBOROTNI TAHLIL QILISH, BAHOLASH VA XULOSA CHIQARISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-11-02 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborotni tahlil qilish, tanqidiy baholash, dalillarni taqqoslash va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari hamda pedagogik mexanizmlari tadqiq etiladi. Raqamli axborot muhitining kengayishi, katta hajmdagi ma’lumotlarning tezkor tarqalishi va sun’iy intellekt asosidagi intellektual tizimlarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi talabalarning axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Tadqiqotda generativ sun’iy intellektning ta’limiy imkoniyatlari, uning tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni, axborotni tekshirish va baholashning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, qiyoslash, tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlari asosida generativ sun’iy intellekt yordamida talabalarning axborot-tahliliy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bosqichli pedagogik model ishlab chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan axborotning ishonchliligini aniqlash, manbalarni verifikatsiya qilish, dalillarni tanqidiy tahlil etish va mustaqil xulosa chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar taklif qilindi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务