MONETAR SIYOSAT VOSITALARI YORDAMIDA VALYUTA KURSI VA MEHNAT BOZORI BARQARORLIGI O'RTASIDAGI MUVOZANATNI TA'MINLASHNING IQTISODIY MODELLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur tezisda monetar siyosat vositalari yordamida valyuta kursi va mehnat bozori barqarorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Xususan, ochiq iqtisodiyot sharoitida valyuta kursi dinamikasi va bandlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy modellar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda IS-LM, Phillips egri chizig‘i hamda Mundell-Fleming modeli orqali monetar siyosatning asosiy instrumentlari - foiz stavkasi, pul massasi va valyuta intervensiyalarining ta’siri baholanadi. Shuningdek, valyuta kursi barqarorligini ta’minlash bilan birga mehnat bozori ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan optimal siyosat yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Natijada makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda samarali monetar mexanizmlar yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantiriladi.



