JAHON VA O'ZBEK ADABIYOTI NAMUNALARINI O'QITISH ORQALI O'QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada jahon va o‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Adabiyotning inson ma’naviyati, axloqiy qarashlari, qadriyatlari va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘zbek va jahon adabiyoti namunalarini qiyosiy o‘rganish orqali insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat, halollik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, mas’uliyat, ezgulik va boshqa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni o‘quvchilarda shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Maqolada badiiy matn bilan ishlash, muammoli vaziyat, qiyosiy tahlil, rolli o‘yin, munozara, refleksiya va ijodiy topshiriqlarga asoslangan metodik model taklif etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlangan.



