OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA ESKIRGAN SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI VA ULARNING ZAMONAVIY ADABIYOT KONTEKSTIDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Ushbu maqola Oʻtkir Hoshimov ijodida eskirgan so‘zlarning stilistik va semantik funksiyalarini ilmiy tahlil qiladi. Tadqiqot asosida adibning asarlarida qadimiy leksikaning badiiy matn tarkibidagi roli, til o‘ziga xosligi, shuningdek, o‘quvchi idrokida yaratgan ma’nolarining turlicha kontekstlarda ishlatilishi yoritiladi. Maqolada zamonaviy adabiyotshunoslik nazariyasi va lingvistik metodlar qo‘llanilib, eskirgan so‘zlarning madaniy va tarixiy jihatlari, ularning o‘quvchi bilan lingvistik va estetik aloqasi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Oʻtkir Hoshimovning tilga bo‘lgan pedagogik yondashuvi va badiiy uslubining chuqur tahlilini taqdim etadi, shuningdek, leksik yangilanish jarayonidagi o‘rni hamda adabiy an’ana bilan bog‘liqligi yuzasidan ilmiy mulohazalarni shakllantiradi.



