EMOTSIONAL INTELLEKT VA UNING SHAXSIY RIVOJLANISHDAGI RO'LI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada emotsional intellekt tushunchasining mazmun-mohiyati va uning shaxsiy rivojlanish jarayonidagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Emotsional intellekt insonning o‘z emotsiyalarini anglash, ularni boshqarish, boshqa insonlarning hissiy holatini tushunish hamda turli ijtimoiy vaziyatlarda samarali munosabat bildirish qobiliyati sifatida yoritilgan. Tadqiqotda emotsional intellektning o‘z-o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, empatiya, motivatsiya va ijtimoiy ko‘nikmalar kabi asosiy komponentlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, emotsional intellektning shaxsning psixologik barqarorligi, stressni boshqarishi, samarali muloqot qilishi, qaror qabul qilishi, akademik va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishidagi roli tahlil qilingan. Maqolada emotsional intellektni rivojlantirishning refleksiya, faol tinglash, emotsiyalarni anglash, empatik muloqot va maxsus psixologik-pedagogik treninglar kabi samarali usullari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari emotsional intellektni rivojlantirish shaxsning o‘zini anglash, ijtimoiy moslashuvchanlik, shaxslararo munosabatlar va umumiy hayotiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



