ERKIN VOHIDOV IJODIDA VATANPARVARLIK VA RUHIY HIJRON
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Erkin Vohidov ijodida vatanparvarlik va ruhiy hijron motivlarining badiiy-estetik talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shoir she’riyatidagi Vatan obrazi, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira, ma’naviy iztirob va ruhiy kechinmalarning poetik ifoda vositalari ilmiy asosda yoritildi. Shuningdek, Erkin Vohidov lirikasida milliy g‘urur va inson ruhiyatining o‘zaro uyg‘unlashuvi, hijron motivining falsafiy-psixologik mohiyati hamda shoir poetikasining istiqlol davri o‘zbek adabiyotidagi o‘rni tadqiq etildi. Maqolada qiyosiy-tipologik, germenevtik va tahliliy metodlardan foydalanilib, shoir asarlarining ma’naviy-estetik ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot natijalari Erkin Vohidov ijodining yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy komillik ruhida tarbiyalashdagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.



