AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN ELEKTRON O'QUV QO'LLANMA YARATISH METODIKASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada axborot texnologiyalari asosida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron o‘quv qo‘llanma yaratish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi metodik tayyorgarlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, interaktiv dars jarayonini tashkil etish, elektron ta’lim resurslarini yaratish hamda o‘quvchilar bilimini raqamli vositalar orqali baholash ko‘nikmalari bilan bog‘liq murakkab integrativ sifat sifatida qaraladi. Maqolada elektron o‘quv qo‘llanmaning mazmuniy tuzilmasi, didaktik imkoniyatlari, interaktiv komponentlari va o‘qituvchilarning raqamli pedagogik faoliyatga tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Flutter platformasi asosida offline rejimda ishlovchi o‘quv ilovasining konseptual UML modeli hamda personalizatsiyalashgan ta’limga mo‘ljallangan mobil ilovaning ma’lumotlar bazasi konseptual ER modeli ishlab chiqilganligi ko‘rsatilgan. Tajriba-sinov natijalari elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanish nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va o‘qituvchining AKT yondashuvi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishini tasdiqlaydi. Olingan natijalar elektron o‘quv qo‘llanma boshlang‘ich ta’limda dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilash va o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim didaktik vosita ekanligini ko‘rsatadi.



