JAMILA ERGASHEVA IJODINING RIVOJLANISHI VA ESTETIK QARASHLARINING EVOLYUTSIYASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Jamila Ergashevaning jurnalistikadan badiiy nasrga o‘tish jarayoni, ushbu jarayonning uning ijodiy uslubi va badiiy tafakkuriga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Asarlarda psixologik realizmning chuqurlashuvi, ichki dramatizmning ustuvorligi, axloqiy ziddiyatlarning badiiy talqini va ayol obrazlarining murakkab ruhiy kechinmalari tahlil markaziga qo‘yilgan. Shuningdek, maqolada yozuvchining ijodida kuzatiladigan asosiy mavzular — oilaviy munosabatlar, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, ayol sabr-toqati, ichki kechinmalar va axloqiy tanlovlar izchil ochib beriladi. Adibaning badiiy uslubida ixchamlik, ramziylik, sukut orqali ma’no berish kabi poetik xususiyatlarning shakllanishi va rivojlanishi alohida e’tibor bilan tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida Jamila Ergasheva ijodi zamonaviy o‘zbek nasrida psixologik chuqurlik, axloqiy tafakkur va estetik mukammallikni uyg‘unlashtirgan noyob badiiy tizim sifatida baholanadi. Uning ijodiy evolyutsiyasi keskin o‘zgarishlar emas, balki izchil takomillashuv asosida yuzaga kelgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.



