SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA OG'ZAKI NUTQ LEKSIKASI VA OKKAZIONAL SO'ZLARNING STILISTIK FUNKSIYASI
收藏资源简介:
Maqolada Shukur Xolmirzayevning “Og‘ir tosh ko‘chsa” hikoyasi va “So‘nggi bekat” romani og‘zaki nutq leksikasi hamda okkazional so‘zlarning stilistik vazifasi jihatidan tadqiq etiladi. Tadqiqotda yozuvchi asarlarida qo‘llangan dialektizmlar, so‘z yasash usullari va individual uslubiy xususiyatlar tahlil qilingan. Og‘zaki nutqqa xos lug‘aviy vositalarning emotsional-ekspressiv ma‘nolar yaratishdagi roli, okkazional yasalmalarning semantik imkoniyatlari va ularning badiiy tasvirni boyitishdagi ahamiyati asoslab berildi. Yozuvchining affiks va prefikslardan mahorat bilan foydalanib yangi ma‘noli birliklar yaratish mahorati ko‘rsatilgan. Asarlardagi til birliklari matn kontekstida tekshirilgan va ularning badiiy-estetik funksiyasi ochib berilgan.



