ONA TILI DARSLARIDA SO'Z TURKUMLARINI O'RGATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ona tili darslarida so‘z turkumlarini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalar va innovatsion pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish masalalari ochib berilgan. Tadqiqotda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi, interaktiv platformalar, raqamli didaktik materiallar hamda multimediali vositalarning o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘z turkumlarini o‘rgatishda muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, o‘yin texnologiyalari va blended learning (aralash ta’lim) yondashuvlarining metodik imkoniyatlari ko‘zdan kechiriladi. Natijada, raqamli va innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va til birliklarini ongli ravishda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.



