OVQAT HAZM QILISH TIZIMIGA SALBIY TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
收藏资源简介:
Oshqozon-ichak trakti kasalliklari dunyo bo‘yicha tibbiy murojaat sabablarining 10–15% ini tashkil etib, global miqyosda katta ijtimoiy-iqtisodiy yuk hisoblangan. Ushbu tezisda ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — noto‘g‘ri ovqatlanish, psixoemotsional stress, infeksiyalar, ekologik ta'sirlar va farmakolоgik agentlar — ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Maqsad: ushbu omillarning gastrointestinal patologiyalar rivojlanishiga qo‘shgan hissasini tizimli baholash va profilaktika strategiyalarini aniqlash. Olingan ma'lumotlar noto‘g‘ri ovqatlanish va Helicobacter pylori infeksiyasining gastrointestinal kasalliklarning 60–70% iga sabab bo‘lishini, psixoemotsional stress esa funksional oshqozon-ichak buzilishlari (FGID) xavfini 2.5 martа oshirishini ko‘rsatadi. Natijalar profilaktik chora-tadbirlar va klinikalig aralashuvlar uchun amaliy ahamiyatga ega.



