O'SIMLIKLARNI ATMOSFERADAGI CHANGNI USHLAB QOLISHDAGI ROLI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada shahar muhitida o‘simliklarning, xususan, soxta akatsiya (Robinia pseudoacacia), qo‘hg‘ir eman (Quercus robur), soxta kashtan (Aesculus hippocastanum), chinor (Platanus orientalis), jo‘ka - lipa (Tilia cordata) va oq terak (Populus alba) daraxtlarining atmosferadagi chang va kul zarrachalarini ushlab qolishdagi ekologik roli o‘rganilgan. Tadqiqot Farg‘ona vodiysining turli joylarida va fasllarda olib borilgan bo‘lib, daraxtlarning barg tuzilishi, yuzasidagi mikrotuzilma va biomorfologik xususiyatlari asosida ularning chang yutish samaradorligi solishtirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, barg yuzasi mayin va tukli bo‘lgan daraxtlar changni samaraliroq ushlab qoladi. Ayniqsa, chinor va jo‘ka daraxtlarining changni ushlashdagi yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Maqola shahar yashil zonalarini rejalashtirishda ekologik jihatdan samarali bo‘lgan daraxt turlaridan foydalanishning muhimligini asoslab beradi.



