遇见数据集

YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA DINIY BAG'RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

收藏
Zenodo2026-04-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqotda yuqori sinf o‘quvchilarida diniy bag‘rikenglikni shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va istiqbollari tahlil qilinadi. Madaniy va dini xilma-xillik kuchayib borayotgan sharoitda bag‘rikenglikni rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosidagi vositalarning ta’lim jarayonini individuallashtirish, interaktiv muhitni takomillashtirish hamda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, AI platformalarining turli diniy qarashlar va amaliyotlar haqida xolis, muvozanatli va keng qamrovli ma’lumot taqdim etish salohiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot nazariy-tahliliy yondashuv asosida olib borilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogik strategiyalar va AI texnologiyalarining integratsiyasi baholanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirishda samarali vosita bo‘lib, ochiq fikrlash, empatiya va ongli tushunishni rivojlantiradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务