遇见数据集

EKOTIZIM XIZMATLARINI YALPI ICHKI MAHSULOTGA KIRITISH METODOLOGIYALARI: NAZARIY ASOSLAR, EKONOMETRIK TAHLIL VA SIYOSIY TAVSIYALAR

收藏
Zenodo2026-07-29 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy makroiqtisodiy tahlilning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsulot (YIM) tabiatning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasini to‘liq aks ettirmaydi: suvni tozalash, iqlimni tartibga solish, changlatish va eroziyaning oldini olish kabi ekotizim xizmatlari rasmiy milliy hisob tizimlarida hisobga olinmaydi, bu esa tabiiy boylikning real qiymatini tizimli ravishda kamsitib ko‘rsatishga olib keladi. Ushbu maqolada ekotizim xizmatlarini YIM ko‘rsatkichiga kiritish metodologiyalari — Yalpi Ekotizim Mahsuloti (GEP) kontsepsiyasi, tabiiy kapitalni hisobga olish tizimi (SEEA EA), gedonik narxlash, shartli baholash va naf transferi usullari — nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. 2000–2023-yillarni qamrab oluvchi global ma’lumotlar asosida korrelyatsion va regressiya tahlillari o‘tkaziladi. A Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ekotizim xizmatlari rasmiy hisobotlarda aks etmasligi sababli YIM tabiatning real hissasini sezilarli darajada kamsitib ko‘rsatadi: ekotizim xizmatlarining global qiymati YIMdan 1,6–1,8 baravar yuqori, ESV va YIM o‘rtasida kuchli musbat statistik bog‘liqlik (r=0,847; β=0,412; R²=0,874) mavjud. Maqola yakunida siyosatchilar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务