MUYNOQ TUMANIDA TURISTIK KLASTER YARATISH VA HUDUDNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI: RAQAMLASHTIRISH, TARIXIY XOTIRA VA EKO-VOLONTYORLIK
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida turistik klaster yaratish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ekologik transformatsiyaga uchragan hududlarda turizmni rivojlantirishning zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini aniqlash hamda raqamlashtirish, tarixiy xotira va eko-volontyorlikni birlashtiruvchi innovatsion modelni taklif etishdan iborat. Maqolada turistik klaster konsepsiyasi hududiy rivojlanish vositasi sifatida tahlil qilinib, Mo‘ynoq hududining o‘ziga xos resurslari — Orolbo‘yi ekologik merosi, tarixiy-madaniy obyektlari va mahalliy hamjamiyat salohiyati asosida rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil va institutsional yondashuv usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida Mo‘ynoq hududi uchun “4T+G innovatsion turistik klaster modeli” taklif etildi. Mazkur model Tourism (turizm), Technology (raqamli texnologiyalar), Tradition (tarixiy xotira), Togetherness (hamjamiyat ishtiroki) va Governance (samarali davlat boshqaruvi) komponentlarining integratsiyasiga asoslanadi. Ushbu yondashuv turizmni faqat iqtisodiy faoliyat sifatida emas, balki hududiy rivojlanish, ekologik ongni shakllantirish va ijtimoiy faollikni oshirish mexanizmi sifatida ko‘rishga imkon beradi.



