UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARI DAVOMIYLIGINI 45 DAQIQADAN 60 DAQIQAGA OSHIRISH ZARURATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari davomiyligining 45 daqiqalik modeli tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi umumiy o‘rta ta’lim nizomiga ko‘ra, dars mashg‘ulotining davomiyligi 45 daqiqa etib belgilangan, darslar orasidagi tanaffuslar esa 5–10 daqiqa oralig‘ida tashkil etiladi. Biroq jismoniy tarbiya darsi o‘z mazmuniga ko‘ra asosan amaliy xarakterga ega bo‘lib, unda safga turish, tushuntirish, qizdirish, mashqni bajarish, xatolarni tuzatish va yakuniy xulosalar uchun vaqt talab etiladi. Shu sababli ayrim sinflarda yangi harakat elementlarini o‘rgatish va mustahkamlash uchun 45 daqiqa yetarli bo‘lmay qoladi. Maqolada dars davomiyligini 60 daqiqaga oshirish zarurati normativ-huquqiy, pedagogik va sog‘liqni saqlash nuqtayi nazaridan asoslab beriladi.



