遇见数据集

ALLERGIK RINIT RIVOJLANISHINING XAVF OMILLARI VA PROFILAKTIKA CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-07-17 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Allergik rinit dunyo aholisida eng ko‘p uchraydigan allergik kasalliklardan biri bo‘lib, uning tarqalishi so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortib bormoqda. Kasallik bemorlarning hayot sifatini pasaytirishi, mehnat qobiliyati va kundalik faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi hamda bronxial astma kabi boshqa allergik kasalliklar rivojlanishi xavfini oshirishi bilan dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi allergik rinit rivojlanishining asosiy xavf omillarini tahlil qilish hamda kasallik profilaktikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlarini yoritishdan iborat. Maqola ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, irsiy moyillik, atrof-muhit omillari, aeroallergenlar, havo ifloslanishi, kasbiy omillar va turmush tarzi allergik rinit rivojlanishida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatildi. Shuningdek, allergenlarni nazorat qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlari, bemorlarni erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va allergen-spetsifik immunoterapiya kasallikning oldini olish hamda kechishini yengillashtirishda samarali usullar ekani ta'kidlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务