遇见数据集

DIAREYA SINDROMIDA KECHUVCHI KASALLIKLARDA KLINIK PROGNOZNI BAHOLASH VA ASORATLARNI OLDINI OLISHDA BIOMARKERLARNING ROʻLI

收藏
Zenodo2026-04-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Diareya sindromi bilan kechuvchi infeksion kasalliklar zamonaviy global sog‘liqni saqlash tizimida yuqori kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu patologiyalar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar va immuniteti pasaygan bemorlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, og‘ir dehidratatsiya, elektrolit disbalansi, metabolik atsidoz hamda sepsis kabi hayot uchun xavfli asoratlar bilan kechishi mumkin. Mazkur maqolada diareya sindromi bilan kechuvchi kasalliklarda klinik prognozni baholashda biomarkerlarning diagnostik va prognostik ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida yallig‘lanish markerlari — C-reaktiv oqsil (CRP) va prokaltsitonin, proinflamator sitokinlar — interleykin-6 (IL-6) va o‘simta nekroz omili alfa (TNF-α), shuningdek ichak shilliq qavati shikastlanishini aks ettiruvchi markerlar — kalprotektin va laktoferrinning klinik ahamiyati o‘rganildi. Bundan tashqari, suv-elektrolit muvozanatining buzilishlarini aks ettiruvchi laborator ko‘rsatkichlar (natriy, kaliy, kreatinin, qon gazlari) prognoz baholashda muhim indikatorlar sifatida baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, prokaltsitonin darajasining oshishi bakterial etiologiyani aniqlashda yuqori sezgirlik va spetsifiklikka ega bo‘lib, antibiotik terapiyani individualizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. CRP darajasi esa yallig‘lanish jarayonining umumiy intensivligini aks ettirib, kasallik og‘irligini baholashda qo‘llaniladi. IL-6 va TNF-α ning yuqori darajalari tizimli yallig‘lanish javobini va og‘ir klinik kechishni prognoz qilishda muhim markerlar hisoblanadi. Ichak shilliq qavati shikastlanish markerlari, xususan kalprotektin, invaziv diareya shakllarini aniqlash va differensial tashxis qo‘yishda yuqori diagnostik qiymatga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, biomarkerlar asosida risk stratifikatsiyasi amalga oshirilishi, og‘ir kechuvchi holatlarni erta aniqlash, intensiv terapiya ko‘rsatmalarini aniqlash hamda asoratlarni, jumladan gipovolemik shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va septik holatlarning rivojlanishini oldini olish imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslandi, diareya sindromida biomarkerlarga asoslangan integrativ diagnostik yondashuv klinik qaror qabul qilishni optimallashtiradi, davolash samaradorligini oshiradi va bemorlar prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shu sababli, zamonaviy klinik amaliyotda biomarkerlardan kompleks foydalanish diareya bilan kechuvchi kasalliklarni boshqarishda muhim strategik yo‘nalish sifatida tavsiya etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务