遇见数据集

"MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGINI METODIK BOSHQARISHDA STRATEGIK INSON RESURSLARINI BOSHQARISH KONSEPSIYASINING O'RNI VA AHAMIYATI"

收藏
Zenodo2026-03-23 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy globalizatsiya va raqamli iqtisodiyot sharoitida inson resurslarini boshqarish (IRB) tizimining strategik ahamiyati yoritilgan. Inson kapitali tashkilotning asosiy aktivi sifatida talqin qilinib, an’anaviy boshqaruv yondashuvlaridan strategik va kompetensiyaviy boshqaruv modeliga o‘tish zarurati asoslab berilgan. IRBning rejalashtirish, tanlash, o‘qitish va rivojlantirish, baholash hamda rag‘batlantirish kabi asosiy funksiyalari tashkilot samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishdagi muhim omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada inson resurslarini boshqarish tamoyillarining ta’lim va ijtimoiy tizimlarga, xususan, mahalla–maktab–oila hamkorligini metodik boshqarish jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Strategik yondashuv, kompetensiyaviy boshqaruv, motivatsiya tizimi, raqamli texnologiyalar va monitoring mexanizmlarining mazkur hamkorlik samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务