PAVLOVNIYA DARAXTIDAN POLI-PAS HAMDA TURLI SOHA TARMOQLARI UCHUN ANTISEPTIK XOSSAGA EGA BO'LGAN QOG'OZ OLISH
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy tezisda pavlovniya daraxti asosida antiseptik xususiyatga ega bo‘lgan qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganildi. Pavlovniya yog‘ochining fizik-kimyoviy tarkibi, sellyuloza miqdori va tolalarining qog‘oz sanoatidagi ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot davomida antiseptik moddalar bilan boyitilgan qog‘ozning gigiyenik, ekologik va iqtisodiy afzalliklari yoritildi. Shuningdek, mazkur turdagi qog‘ozning tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati hamda sanitariya-gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarishdagi qo‘llanilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari pavlovniya daraxtidan yuqori sifatli, biologik parchalanadigan hamda mikroorganizmlarga qarshi himoya xususiyatiga ega qog‘oz mahsulotlarini olish mumkinligini ko‘rsatdi.



