MADANIY MEROS OBYEKTLARI ASOSIDA TURISTIK MARSHRUTLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ORQALI HUDUDIY IQTISODIY FAOLLIK VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada madaniy meros obyektlari asosida turistik marshrutlarni diversifikatsiya qilishning hududiy iqtisodiy faollik va aholi bandligini oshirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Madaniy meros obyektlarini alohida turistik maskan sifatida emas, balki o‘zaro bog‘langan turistik marshrutlar tarkibida rivojlantirishning iqtisodiy samarasi asoslangan. Tadqiqotda tematik, hududlararo, halqa va kombinatsiyalashgan turistik marshrutlarning hududiy rivojlanishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, turistik marshrutlarga gidlik, transport, umumiy ovqatlanish, joylashtirish, hunarmandchilik va savdo xizmatlarini integratsiya qilish orqali mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish mexanizmlari yoritilgan. O‘zbekiston turizm sohasining amaldagi statistik ko‘rsatkichlari va turizmni diversifikatsiya qilishga qaratilgan davlat siyosati asosida ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida “madaniy meros – turistik marshrut – mahalliy xizmatlar – tadbirkorlik – bandlik” modeli taklif etilgan.



