BUDJET NAZORATI NATIJADORLIGINI BAHOLASH: NAZORAT NATIJADORLIGI INDEKSINI JORIY ETISH
收藏资源简介:
Maqolada davlat tashqi auditi natijadorligini miqdoriy baholash masalasi tadqiq etilgan. Muallif tomonidan nazorat natijadorligi indeksi (I_nn) taklif etilib, u oldi olingan samarasiz xarajatlar va aniqlangan qo‘shimcha tushum imkoniyatlari yig‘indisining aniqlangan qoidabuzarliklar hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi. Indeks O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yil va 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati natijalari asosida hisoblangan. Tahlil natijalari nazoratning og‘irlik markazi qoidabuzarliklarni qayd etishdan ularning oldini olishga siljiganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, nazorat organlari ma’lumotlarining bir xil tasniflanmasligi indeksni yillar kesimida taqqoslashni cheklaydi. Shundan kelib chiqib, qoidabuzarliklarning yagona klassifikatorini joriy etish taklif qilingan.



