遇见数据集

NABI JALOLIDDIN ROMANLARIDA BADIIY TALQIN IFODASI

收藏
Zenodo2026-07-17 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakillaridan biri Nabi Jaloliddin romanlarida badiiy talqin masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida adibning tarixiy va ijtimoiy mazmundagi romanlari tanlanib, ularda inson obrazi, tarixiy shaxs talqini, psixologik tasvir hamda falsafiy mushohadaning poetik funksiyasi tahlil qilinadi. Maqolada badiiy talqin tushunchasi adabiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan yoritilib, yozuvchi voqelikni qanday estetik qayta yaratishi, obrazlar tizimi orqali qanday g‘oyaviy mazmun ifodalashi ko‘rsatib beriladi. Nabi Jaloliddin romanlarida tarixiy material va badiiy tafakkur uyg‘unligi, inson ruhiyatining tasviri hamda milliy xotiraning badiiy ifodasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida poetik tahlil, qiyosiy-tipologik va struktural yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Nabi Jaloliddin romanlarida badiiy talqin inson mohiyatini anglash, tarixiy tajribani qayta baholash va ma’naviy qadriyatlarni yoritish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务