CHIQINDI POLIETILENTEREFTALATNI QAYTA ISHLASH VA MODIFIKATSIYALASH ORQALI UNING STRUKTURAVIY VA EKSPLUATATSION XOSSALARINI TIKLASH HAMDA TADQIQ ETISH
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqot chiqindi polietilentereftalat (PET)ni qayta ishlash jarayonida uning strukturaviy, reologik, termik va fizik-mexanik xossalarida yuz beradigan o‘zgarishlarni aniqlash hamda maqsadli modifikatsiyalash orqali ushbu xossalarni tiklashning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotda iste’moldan keyingi PET chiqindilarini saralash, tozalash, maydalash, quritish, ekstruderlash va granulyatsiyalash jarayonlarining polimer strukturasi va ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks baholash nazarda tutiladi. Qayta ishlash jarayonida PET makromolekulalarining termik, gidrolitik va termooksidlanish degradatsiyasi natijasida yuzaga keladigan strukturaviy o‘zgarishlar, molekulyar massaning kamayishi, eritma reologik xususiyatlarining o‘zgarishi hamda mexanik va termik barqarorlikning pasayish qonuniyatlari tadqiq etiladi. Birlamchi PET, chiqindi PET va qayta granulyatsiyalangan PET namunalarining xossalarini qiyosiy tahlil qilish orqali qayta ishlash bosqichlarining material sifatiga ta’siri aniqlanadi..



