FUTBOL MASHG'ULOTLARIDA MAXSUS YUGURISH MASHQLARI ORQALI TEZKORLIK VA CHIDAMLILIKNI OSHIRISH USULLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada futbol mashg‘ulotlari jarayonida maxsus yugurish mashqlari yordamida sportchilarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy futbol talablaridan kelib chiqib, qisqa masofaga sprintlar, takroriy yugurish (repeated sprint), shuttle run va o‘zgaruvchan tezlikda yugurish mashqlarining sportchilarning funksional tayyorgarligiga ta’siri tahlil qilindi. Maqolada mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish, mashqlarni yosh va individual xususiyatlarga moslashtirish hamda tiklanish jarayonlarini hisobga olishning ahamiyati ilmiy asoslab berilgan. O‘tkazilgan tajriba natijalari maxsus yugurish mashqlari futbolchilarda tezkorlikni oshirish, anaerob va aerob chidamlilikni rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur maqola murabbiylar, sport mutaxassislari hamda jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali hisoblanadi.



