ARALASH TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA OLIY TA'LIM DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN OʻQUV PLATFORMASINING (LMS) PEDAGOGIK TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada aralash ta’lim texnologiyasi (blendedlearning) asosida oliy ta’limda qo‘llaniladigan o‘quv platformalari — LMS (Learning Management System)larning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda LMS platformalarining ta’limni individuallashtirish, o‘quv resurslarini yagona muhitda integratsiyalash, talabalar faoliyatini nazorat va monitoring qilish hamda interaktiv hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida LMSning oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, talaba markazlashgan ta’lim muhitini shakllantirish va 4C kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Moodle, Google Classroom va boshqa platformalardan foydalanish talabalarning o‘zlashtirish darajasi va o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, LMSdan samarali foydalanish o‘qituvchilarning raqamli-pedagogik kompetensiyasi va metodik tayyorgarligiga bevosita bog‘liq ekani asoslab berilgan.



