RIVOJLANISHNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda inson psixik rivojlanishini davrlashtirish muammosi, uning nazariy-metodologik asoslari hamda ilmiy yondashuvlari keng qamrovda tahlil etiladi. Rivojlanishni davrlashtirish psixologiya fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u inson hayotining turli yosh bosqichlarini ilmiy asosda tizimlashtirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Har bir yosh davri o‘zining psixologik, ijtimoiy va biologik jihatlari bilan ajralib turadi hamda shaxsning keyingi rivojlanish bosqichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tezisda rivojlanishni davrlashtirishda biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri yoritilib, yosh davrlarini aniqlashdagi muammolar va qarama-qarshiliklar ilmiy asosda muhokama qilindi. Mazkur muammoning dolzarbligi ta’lim va tarbiya jarayonida yosh xususiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari rivojlanishni davrlashtirishning nazariy va amaliy ahamiyatini ochib berib, ushbu yo‘nalishda ilmiy yondashuvlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.



