MIGRATSIYA OQIMLARI SHAROITIDA JINOYATCHILIKNING BUGUNGI HOLATI, TARKIBI VA DINAMIKASINI STATISTIK KO'RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada migratsiya jarayonlarining zamonaviy kriminogen vaziyatga ta'siri statistik va kriminologik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda ichki va tashqi migratsiya oqimlari, urbanizatsiya, demografik o'zgarishlar hamda mehnat migratsiyasining jinoyatchilik tarkibi va dinamikasiga ko'rsatadigan ta'siri kompleks baholangan. Jinoyatchilik darajasining vaqt bo'yicha o'zgarishi, hududlar kesimidagi tafovutlar, migratsiya intensivligi hamda alohida turdagi jinoyatlar o'rtasidagi bog'liqlik statistik ko'rsatkichlar orqali tahlil etilgan. Shuningdek, migratsiya natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy moslashuv muammolari, bandlik darajasi, daromadlar tafovuti, noqonuniy migratsiya va ijtimoiy nazoratning susayishi kabi omillarning kriminogen xavflarni kuchaytirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari migratsiya va jinoyatchilik o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri emas, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar orqali shakllanuvchi bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Maqolada jinoyatchilikni prognozlash, hududiy monitoring tizimini takomillashtirish hamda migratsiya siyosatini kriminologik xavfsizlik bilan uyg'unlashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



