遇见数据集

ALISHER NAVOIYNING "SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDA KOMIL HUKMDOR AXLOQINING BADIIY IFODASI

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni XLIX va LIII boblari tahlili asosida komil hukmdor konsepsiyasining badiiy-falsafiy talqini yoritilgan. Tadqiqotda XLIX bobdagi rostgo‘ylik va haqiqatgo‘ylik, LIII bobdagi saxovat, muruvvat hamda mehmonnavozlik g‘oyalari Iskandar obrazi misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu fazilatlarning adolatli davlat boshqaruvi va komil inson haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Boblarning qiyosiy tahlili asosida Navoiy idealidagi komil hukmdor qiyofasi rostlik, adolat, saxovat va insonparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar uyg‘unligida shakllanishi asoslanadi. Tadqiqot natijasida “Saddi Iskandariy” dostonida ilgari surilgan komil hukmdor konsepsiyasi nafaqat o‘z davri uchun, balki bugungi ma’naviy-ma’rifiy tafakkur uchun ham ahamiyatga ega umuminsoniy g‘oyalarni mujassamlashtirgani aniqlangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务