O'ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING ROLI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika sohasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari hamda ularning iqtisodiy va ekologik samaradorligi kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda quyosh, shamol va gidroenergetika quvvatlarining o‘sish dinamikasi, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarishlar va 2030-yilgacha belgilangan strategik maqsadlar yoritiladi. Davlat-xususiy sheriklik, uzoq muddatli elektr energiyasini xarid qilish shartnomalari va hukumat kafolatlari kabi investitsion mexanizmlarning ahamiyati ochib beriladi. Xalqaro investorlar va moliya institutlarining energetika transformatsiyasidagi o‘rni, xorijiy kapitalning texnologiyalar transferi, tabiiy gaz tejalishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda zararli emissiyalarni kamaytirishga ta’siri baholanadi. Elektr tarmoqlarining yetarli rivojlanmaganligi, mahalliylashtirish darajasining pastligi, valyuta va investitsion risklar kabi mavjud muammolar aniqlanib, qayta tiklanuvchi energetikani barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab beriladi.



