遇见数据集

AMU-QASHQADARYO HAVZASIDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING STRATEGIK YO'NALISHLARI

收藏
Zenodo2026-08-06 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot Amu-Qashqadaryo havzasida tobora kuchayib borayotgan suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda suv tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish masalariga bag'ishlangan. Ishda havzaning gidrologik holati, irrigatsiya tizimlaridagi suv yo'qotishlari hamda qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda zamonaviy texnologiyalarning (tomchilatib, yomg'irlatib va diskret sug'orish) samaradorligi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tomchilatib sug'orish tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini 35–40% ga qisqartirish va hosildorlikni 20–25% ga oshirish imkoniyati mavjud. Maqolada Amu-Qashqadaryo havzasining o'ziga xos gidrogeologik sharoitini hisobga olgan holda suvni boshqarishni raqamlashtirish va klasterlar miqyosida tejamkor texnologiyalarni bosqichma-bosqich tatbiq etish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务