MILLIY NAQSHLARDAN FOYDALANGAN HOLDA ZAMONAVIY KIYIM DIZAYNINI YARATISH
收藏官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada milliy naqsh va bezak elementlarini zamonaviy kiyim dizayniga integratsiya qilish masalalari tadqiq etilgan. Kiyim dizaynida milliy o‘ziga xoslikni saqlab qolish bilan bir qatorda zamonaviy estetik talablar, funksionallik, ergonomiklik va iste’molchi ehtiyojlarini hisobga olishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida milliy naqshlarning kompozitsion tuzilishi, ranglar uyg‘unligi, geometrik va o‘simliksimon motivlari tahlil qilinib, ularni zamonaviy kiyim modellarida qo‘llash usullari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari milliy bezaklardan foydalanish kiyimning badiiy-ifodaviy xususiyatlarini boyitishi va zamonaviy dizayn yechimlarini shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatadi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-09-30



