UMUMIY O'RTA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA O'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH (FINLYANDIYA TA'LIM TIZIMI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimini takomillashtirish va o‘quvchilar bilimini baholash jarayonida xorijiy tajribadan foydalanish masalasi Finlyandiya ta’lim tizimi misolida tahlil qilinadi. Finlyandiya ta’lim modeli o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv, baholashda stresssiz muhit yaratish va sifatli pedagogik tayyorgarlik bilan ajralib turadi. Tadqiqotda Finlyandiyada baholashning diagnostik va rivojlantiruvchi xarakteri, testlarga ortiqcha bog‘lanmaslik hamda o‘qituvchining akademik erkinligi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur tajribaning O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimiga moslash imkoniyatlari yoritiladi. Natijada xorijiy tajribani bevosita ko‘chirish emas, balki milliy ta’lim muhitiga moslashtirish orqali samaradorlikni oshirish mumkinligi asoslab beriladi.



