QISHLOQ XO'JALIGI CHIQINDILARI ASOSIDAGI ARZON ADSORBENTLARNING ADSORBSION XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari asosida olinadigan arzon adsorbentlarning oqova suvlarni, xususan, bo‘yoqlar bilan ifloslangan suvlarni tozalashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Oqova suvlar tarkibidagi bo‘yoq moddalar, og‘ir metallar hamda boshqa organik va noorganik ifloslantiruvchilar suv ekotizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni suvdan ajratib olishda adsorbsiya jarayoni soddaligi, yuqori samaradorligi va nisbatan kam energiya talab qilishi bilan muhim ahamiyatga ega. An’anaviy faollashtirilgan ko‘mirning yuqori qiymati sababli mahalliy, arzon va qayta tiklanuvchi xomashyolardan adsorbentlar olish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Tadqiqotda tolalar, o‘simlik poyalari, po‘stloqlar va boshqa lignosellyulozali biomassa qoldiqlarining adsorbsion xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, Broussonetia papyrifera tolasi uchun maksimal adsorbsiya sig‘imi 520,00 mg/g, sholi poxoli uchun 662,25 mg/g va qarag‘ay qubbasi uchun 871,49 mg/g ni tashkil etgan. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi chiqindilarini oqova suvlarni tozalashda ikkilamchi xomashyo sifatida samarali qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi.



