遇见数据集

ULTRATOVUSH VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI YORDAMIDA SIYDIK-TOSH KASALLIGINI TASHXISLASH: QIYOSIY TAHLIL

收藏
Zenodo2026-10-01 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Dolzarbligi. Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) zamonaviy urologiyada keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, uning klinik kechishi buyrak sanchig‘i, ureteral obstruksiya, gidronefroz, siydik yo‘llari infeksiyasi va buyrak funksiyasining buzilishi bilan kechishi mumkin. Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash davolash taktikasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda ultratovush tekshiruvi (UTT) va kontrastsiz kompyuter tomografiyasi (KT) urolitiaz diagnostikasida asosiy tasvirlash usullari hisoblanadi. Maqsad: siydik-tosh kasalligini aniqlashda ultratovush va kontrastsiz KTning diagnostik samaradorligini baholash, ularning klinik qo‘llanish sohalarini aniqlash va zamonaviy diagnostik algoritmni asoslash. Materiallar va usullar: EAU Urolithiasis Guidelines, ACR Appropriateness Criteria, PubMed ma’lumotlar bazasidagi ilmiy maqolalar, sistematik sharhlar va meta-tahlillar tahlil qilindi. Asosiy e’tibor so`ngi yillarda e’lon qilingan tadqiqotlarga qaratildi. Natijalar: UTT ionlashtiruvchi nurlanishdan xoli, xavfsiz, nisbatan arzon va takroriy tekshiruvlar uchun qulay usuldir. Ayniqsa bolalar va homilador ayollarda birlamchi tasvirlash usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. KT esa urolitiaz diagnostikasida yuqori aniqlikka ega bo‘lib, toshning joylashuvi, o‘lchami, soni, zichligi va siydik yo‘llari obstruksiyasini batafsil baholash imkonini beradi. 2025-yilgi sistematik sharhda past dozali KT uchun sezgirlik 92%, ultra-past dozali KT uchun 95%, spetsifiklik esa har ikkala protokolda taxminan 97% darajasida qayd etilgan. Biroq semizlik va 3 mm dan kichik toshlarda diagnostik samaradorlik pasayishi mumkin. 2026-yilgi meta-tahlil esa KTda suyak oynasi (bone window), yupqaroq kesimlar va multiplanar rekonstruksiyalardan foydalanish tosh o‘lchamini aniqlashni yaxshilashini ko‘rsatdi. Xulosa: UTT va KTni bir-biriga muqobil emas, balki klinik vaziyatga qarab bir-birini to‘ldiruvchi usullar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq. UTT birlamchi va dinamik kuzatuvda, kontrastsiz past dozali KT esa tashxisni aniqlashtirish, noaniq holatlarni baholash va davolashni rejalashtirishda muhim o‘rin tutadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务