"EVRIPIDNING 'MEDEYA' TRAGEDIYASIDA SEVGI VA NAFRAT QARAMA-QARSHILIGI''
收藏官方服务:
资源简介:
Yunon tragediyanavisligiga salmoqli hissa qo’shgan uning Esxil va Sofokldan keyingi yana bir buyuk vakili Yevripiddir. Ushbu maqolada Yevripidning Medeya tragediyasida sevgi va nafrat o‘rtasidagi qarama-qarshilik badiiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda asosiy qahramon Medeyaning ichki kechinmalari, Yason bilan bo‘lgan munosabatlari va Yasonning xiyonati tufayli sevgining nafratga aylanishi asosida inson psixologiyasining murakkab qirralari ochib beriladi. Maqolada ayol qahramonning adolat izlash yo‘lidagi keskin qarorlari hamda tragediyada konfliktning rivojlanish bosqichlari yoritib beriladi Shuningdek, asardagi g‘oyaviy mazmun va uning zamonaviy adabiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-04-30



