O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA ARGO HAMDA JARGONLAR TARJIMASINING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi argo hamda jargon birliklarining sotsiolingvistik tabiati, ularning jamiyatdagi kommunikativ vazifalari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va ekstralingvistik muammolar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda argo va jargonning ijtimoiy guruh identifikatsiyasi, kommunikativ pragmatika, stilistik ekspressivlik hamda madaniy konnotatsiya bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, ushbu leksik birliklarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha tarjima qilishda ekvivalentlik, funksional adekvatlik, pragmatik moslashtirish, domestikatsiya va foreynizatsiya strategiyalarining samaradorligi baholanadi. Zamonaviy tarjimashunoslik, sotsiolingvistika va pragmalingvistika yondashuvlari asosida olib borilgan qiyosiy tahlillar argo va jargon birliklarini tarjima qilishda faqat lug‘aviy ekvivalent tanlash yetarli emasligini, balki ijtimoiy maqom, kommunikativ vaziyat, nutq egasining yoshi, kasbi, madaniy muhiti hamda diskursning funksional maqsadini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tarjima nazariyasi va amaliyotida sotsiolingvistik omillarning ustuvor ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi hamda badiiy tarjima, audiovizual tarjima va og‘zaki tarjima amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



