遇见数据集

RAQAMLI VA INTELLEKTUAL BANK TIZIMI ORQALI MOLIYAVIY INKLYUZIYANI KENGAYTIRISH ISTIQBOLLARI

收藏
Zenodo2026-08-07 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli va intellektual bank tizimining moliyaviy inklyuziyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Sun’iy intellekt, Big Data, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va FinTech yechimlarining bank xizmatlariga joriy etilishi natijasida aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish hamda operatsion xarajatlarni kamaytirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari, moliyaviy inklyuziyani oshirishdagi mavjud imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinib, ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamli va intellektual bank tizimini rivojlantirish aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish, bank tizimining raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务