遇见数据集

ARXEOLOGIK TOPILMALAR, OBYEKTLAR VA MANBALARINI ETNOGRAFIK QIYOSIY TAHLILI

收藏
Zenodo2026-06-05 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola arxeologik topilmalar, obyektlar va manbalarni qiyosiy tahlil qilish masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada qiyosiy metodning nazariy asoslari, tarixiy va madaniy kontekstda qo‘llanilishi, shuningdek, etnoarxeologiya, GIS texnologiyalari, 3D modellashtirish va zamonaviy raqamli usullar orqali topilmalarni tahlil qilishning ilmiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida turli hududlar va davrlardan topilgan moddiy madaniyat obyektlarini shakl, texnologiya, xomashyo manbasi, bezak va funksional xususiyatlari bo‘yicha taqqoslash imkoniyatlari ko‘rsatildi. Internet ilmiy manbalari orqali qiyosiy metodning global ahamiyati va zamonaviy ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni tahlil qilindi. Shu bilan birga, metodning cheklovlari, stratigrafik va kontekstual xatolar, shuningdek sub’ektiv talqin xavfi ham muhokama qilindi. Maqola natijalari qadimgi jamiyatlarning madaniy aloqalarini, migratsiya jarayonlarini va moddiy madaniyatning evolyutsiyasini ilmiy asosda tiklashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务