遇见数据集

NAMANGAN VILOYATI QISHLOQ XO'JALIGI SHAKLLANISHINING STATISTIK JIHATLARI

收藏
Zenodo2026-08-03 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya:Mazkur tezisda Namangan viloyati qishloq xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari statistik ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining tarkibiy ulushi, xo‘jalik toifalari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, asosiy turdagi ekinlar va chorvachilik mahsulotlari dinamikasi hamda tumanlar o‘rtasidagi hududiy tafovutlar o‘rganilgan. Statistik tahlilda mutlaq va nisbiy miqdorlar, tarkibiy ko‘rsatkichlar, o‘sish sur’atlari, taqqoslash va statistik guruhlash usullaridan foydalanilgan. Natijalar 2025-yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sganini, dehqonchilik mahsulotlari umumiy ishlab chiqarishda yetakchi o‘rin egallaganini ko‘rsatdi. Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lib qolmoqda. Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chust, Namangan va Uchqo‘rg‘on tumanlarining tarmoqdagi salohiyati yuqori ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, kartoshka va sabzavot yetishtirishdagi pasayish, hududlar bo‘yicha ishlab chiqarishning notekisligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq muammolar mavjud. Qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish, hududiy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, hosildorlik ko‘rsatkichlarini muntazam monitoring qilish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务