TIJORAT BANKLARI AKTIVLARI SIFATINING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA'SIRINI KOMPLEKS BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tijorat banklari aktivlari sifatining moliyaviy barqarorlikka ta’siri kompleks yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqotda bank aktivlari sifatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan muammoli kreditlar ulushi, kredit portfeli diversifikatsiyasi, aktivlar bo‘yicha zaxiralar darajasi hamda ularning bank barqarorligini belgilovchi moliyaviy indikatorlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida nazariy va empirik usullar uyg‘unlashgan holda qo‘llanilib, aktivlar sifati yomonlashuvi banklarning moliyaviy barqarorligiga bosim o‘tkazuvchi muhim omil sifatida asoslab beriladi. Olingan natijalar bank risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aktivlar sifatini oshirish orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy takliflarni shakllantirish imkonini beradi.



