遇见数据集

YASHIL IQTISODIYOT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA BARQAROR IQTISODIY O'SISH SIFATINI BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot transformatsiyasi sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini baholashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sishning miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda uning ekologik barqarorligi, resurs va energiya samaradorligi hamda ijtimoiy natijadorligini kompleks baholashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvni shakllantirishdan iborat. Tadqiqotda tizimli, institutsional va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, indikatorlarni standartlashtirish hamda integral baholash usullaridan foydalanilgan. Natijada iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy indikatorlarni o‘zaro integratsiyalash asosida barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini baholashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yashil transformatsiya sharoitida iqtisodiy o‘sishning samaradorligini baholashda resurslardan oqilona foydalanish, uglerod sig‘imini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, ekologik investitsiyalar va aholi farovonligi ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga olish zarurligini asoslaydi. Taklif etilgan metodologik yondashuv yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarining natijadorligini baholash va barqaror rivojlanish siyosatini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务