TEXNOLOGIK STARTAPLARNI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada texnologik startaplarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning iqtisodiy ahamiyati, innovatsion rivojlanishga ta'siri hamda zamonaviy iqtisodiyotdagi o'rni tahlil qilinadi. So'nggi yillarda dunyo mamlakatlarida startap ekotizimini rivojlantirish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi texnologik startaplarning innovatsiyalarni tijoratlashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishdagi rolini kuchaytirdi. Maqolada O'zbekiston Respublikasida texnologik startaplarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati, IT Park faoliyati, venchur moliyalashtirish mexanizmlari, soliq imtiyozlari hamda innovatsion infratuzilmaning rivojlanish holati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, AQSH, Isroil, Singapur va Janubiy Koreya tajribasi asosida davlat tomonidan startaplarni qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari o'rganiladi. Tadqiqot natijasida O'zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishning mavjud muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.



