OG'ZAKI NUTQDA NOVERBAL MULOQOTNING O'RNI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada og‘zaki nutqda noverbal muloqotning tutgan o‘rni, uning insonlararo muloqotni yanada samarali qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot maqsadi — noverbal belgilar og‘zaki muloqot mazmunini qanday kuchaytirishi yoki o‘zgartirishini aniqlashdir. Tadqiqot metodlari sifatida tahliliy kuzatuv, adabiy manbalarni tahlil qilish va mavjud kommunikatsiya holatlarini psixolingvistik yondashuv orqali o‘rganish ishlatilgan. Natijalarda tana tili, yuz ifodalari, ko‘z bilan aloqa, ishoralar va ovoz ohangi og‘zaki nutqning to‘liqligi va ta’sirchanligini oshirishini ko‘rsatuvchi misollar asosida yoritib berilgan. Xulosa sifatida, noverbal muloqotni og‘zaki nutq bilan uyg‘unlashtirish insonlararo muloqotni boyitishi, madaniyatlararo tushunishni yaxshilashi va raqamli kommunikatsiya vositalarida ham hissiy ma’no yetkazishda muhim vosita bo‘lishi qayd etiladi.



