NUTQ USLUBLARI: NAZARIY ASOSLARI, TASNIFI VA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada nutq uslublarining nazariy asoslari, funksional tasnifi hamda zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqotda adabiy tilning asosiy funksional uslublari – so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik va badiiy uslublarning lingvistik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi hamda kommunikativ vazifalari tahlil qilingan. Shuningdek, nutq uslublarining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, madaniy va kommunikativ omillar o‘rganilgan. Maqolada globallashuv, raqamli texnologiyalar va internet kommunikatsiyasi sharoitida nutq uslublarining rivojlanish tendensiyalari hamda ularning til madaniyati va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari nutq uslublarini chuqur o‘rganish tilning funksional imkoniyatlarini to‘liq anglash, samarali muloqotni tashkil etish va adabiy til me’yorlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.



