YUKLOVCHI MASHINALARNING ISHCHI QISMINI YEYILISHGA BARDOSHLILIGINI OSHIRISH UCHUN PAYVANDLAB QOPLASH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada yuklovchi mashinalarning ishchi qismlarida yuzaga keladigan yeyilish jarayonlari va ularning xizmat muddatiga ta’siri tahlil qilinadi. Yuklovchi mashinalar kovshi, tishlari, pichoqlari va boshqa ishchi elementlari ish jarayonida yuqori mexanik yuklama, ishqalanish, zarba va abraziv muhit ta’sirida tez yeyiladi. Bunday holat texnikaning unumdorligini kamaytiradi va ta’mirlash xarajatlarini oshiradi. Maqolada yeyilishga bardoshlilikni oshirishda payvandlab qoplash usulining ahamiyati, qo‘llaniladigan materiallar, texnologik rejimlar va takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari payvandlab qoplash usulini to‘g‘ri tanlash yuklovchi mashinalarning ishchi qismlari xizmat muddatini uzaytirishini ko‘rsatadi.



