NANOTSELLYULOZA ASOSIDAGI KOMPOZIT FILTR MATERIALLARNI CHIQINDI QOG'OZDAN OLISH
收藏官方服务:
资源简介:
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda chiqindi qog‘oz asosida nanotsellyuloza olish va uning asosida yuqori samarali kompozit filtr material ishlab chiqish imkoniyatlari o‘rganildi. Dastlab chiqindi qog‘oz kimyoviy usullar yordamida (NaOH, H₂O₂ va Na₂SiO₃) tozalandi hamda lignin va gemitsellyuloza komponentlari ajratib olindi. Keyingi bosqichda sulfat kislota ishtirokida gidroliz jarayoni amalga oshirilib, nanoo‘lchamli, yuqori kristallik darajasiga ega bo‘lgan nanotsellyuloza sintez qilindi. Olingan nanotsellyulozaning strukturaviy va kimyoviy xossalari FTIR va XRD usullari yordamida tahlil qilindi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-08-10



