遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-07-25 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi frazeologik birliklar orqali har ikki xalqning milliy-madaniy dunyoqarashi, tafakkuri va mentalitetini aniqlash hamda ularning til va madaniyat uyg‘unligidagi o‘rnini yoritishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun frazeologiya va lingvokulturologiya tushunchalarining nazariy asoslarini tahlil qilish, o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarni mazmuniy va madaniy jihatdan qiyoslash hamda ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash vazifalari belgilandi. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, qiyosiy tahliliy, semantik hamda lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar, badiiy asarlar, ilmiy manbalar hamda lug‘atlardan olingan misollar asos qilib olindi. Frazeologik birliklarning tarkibida aks etgan milliy-madaniy komponentlar har ikki til misolida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, frazeologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, an’analari va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar o‘rtasida o‘xshashliklar bilan bir qatorda, madaniy tafovutlar bilan bog‘liq farqlar ham mavjudligi aniqlandi. Ayniqsa, ushbu birliklarni tarjima qilish jarayonida milliy-madaniy ma’noni to‘liq saqlab qolish muhim masala ekanligi kuzatildi. Xulosa qilib aytganda maqola natijalari frazeologiya, lingvokulturologiya va tarjima nazariyasi sohalarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, chet tillarini o‘qitish jarayonida ham samarali qo‘llanishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务